23-may, seshanba kuni BMT Xavfsizlik Kengashi KXDR tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi raketa uchirishini muhokama qilish uchun yopiq majlis o‘tkazadi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Maslahatlashuvlar AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya so‘roviga binoan o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat ilgari Shimoliy Koreya navbatdagi raketa uchirilishini amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi. Janubiy Koreya harbiylarining ma’lumotiga ko‘ra, KXDR “Pukkikson-2” o‘rta masofali ballistik raketasini uchirgan.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe AQSh, Xitoy, Rossiya va Janubiy Koreya bilan hamkorlikda qat’iy choralar ko‘rilishini bildirib o‘tgan edi.