Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz as-Saud 20-may kuni “al-Yamama” qirollik saroyida AQSh prezidenti Donald Trampni va delegatsiyaning boshqa a’zolarini qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Saudiya – AQSh sammitining boshlanishi arafasida qirol Trampni mamlakatning oliy mukofoti bilan taqdirladi. Trampga hukmron sulola asoschisi — Abdulaziz nomidagi ordenning topshirilishi marosimini Sky News Arabia telekanali namoyish etdi.

Ushbu orden ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga alohida hissa qo‘shgan chet el davlat rahbarlariga beriladi. Mukofotga sazovor bo‘lganlar orasida AQShning sobiq prezidenti Barak Obama ham bor.