Fotogalereya: Hayotda bir marta bo‘lsa ham bosib o‘tishga arzigulik so‘qmoqlar
AdMe dunyoda sayr qilish mumkin bo‘lgan ajoyib joylar, so‘qmoqlar suratini to‘plab taqdim etdi.
Osmon zinapoyasi, Gavayi
Foto: AdMeXayku so‘qmog‘i yoki Osmon zinapoyasi deb ataluvchi ushbu so‘qmoq Oaxu orolida joylashgan. Uni amerikalik harbiylar ikkinchi jahon urushida tepalikda joylashgan antennalarga chiqib borish maqsadida qurishgan.
Sikoku ziyorat yo‘li, Yaponiya
Foto: AdMeSikoku orolida qadimiy Yaponiyaning butun go‘zalligi saqlanib qolgan. Ushbu yo‘l orqali sayr 2 soat vaqtni talab qilib, bu vaqt davomida 88 qadimiy Budda ibodatxonalarini tomosha qilish mumkin.
Inklar so‘qmog‘i, Peru
Foto: AdMeInklar tomonidan qurilgan qadimiy so‘qmoq 6 asrdan beri mavjud va hozirda ushbu yo‘l bo‘ylab turistlar sayr qiladi.
Sarek milliy bog‘i, Shvetsiya
Foto: AdMeShvetsiyaning Sarek milliy bog‘ida mamlakatning ulkan cho‘qqilari, irmoqlari, muzliklari, shimol yog‘dusi va erkinlikning ta’riflab bo‘lmas hissi mujassam.
Likya so‘qmog‘i, Turkiya
Foto: AdMeLikya so‘qmog‘i ushbu mamlakatning ajoyibotlariga yo‘l ochadi. Bu yerda qadimiy Likya aholisi tomonidan 3 ming yil oldin qoldirib ketilgan qoyalardagi qabrlardan tortib ovloq moviy ko‘rfazlargacha uchratish mumkin.
Olovli ko‘rfaz, Avstraliya
Foto: AdMeBu yerga Olovli ko‘rfaz nomi qirg‘oqlardagi qoyalarni qoplagan to‘q sariq lishayniklar rangi sabab berilgan.
Quruqlikdagi so‘qmoq, Avstraliya
Foto: AdMeBu yerda Tasmaniyaning go‘zal joylarini, yuqori tog‘ cho‘qqilarni, tiniq suvli ko‘llar, sharsharalar va archagul maydonlarni tomosha qilish imkoni mavjud.
Avliyo Iakov yo‘li, Ispaniya
Foto: AdMeO‘rta asrlarda bu yo‘ldan ziyotchilar Ispaniya homiysi — havoriy Iakov qabriga sig‘ingani kelishgan.
Zion milliy bog‘i, AQSh
Foto: AdMeZion — qoyalar va tosh platolardan, ajoyib tunnel hamda suv oqishi oqibatida hosil bo‘lgan chuqur kanyonlardan iborat.
Annapurna yaqinidagi piyodalar treki, Nepal
Foto: AdMe
Nepal — dunyodagi eng ulkan tog‘lar, uzoqqa cho‘zilgan daralar, tog‘larda yo‘qolgan Budda ibodatxonalari kabi tomosha qilishga arziydigan maskanlardan iborat.
Izoh (0)