Muxolifatchi Aleksey Navalniy 18-may, payshanba kuni milliarder Alisher Usmonov videomurojaatining har bir bandi bo‘yicha javob qaytarishga va’da berdi. Videomurojaat Usmonov tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurash fondining rahbari va uning tarafdorlariga qaratilgan, deb yozadi “RIA Novosti”.
Navalniy YouTube’dagi kanalida Usmonovning videomurojaatini to‘liq joylashtirdi va unga bir daqiqalik annotatsiyani ilova qildi. Unda biznesmenga nisbatan ayblovlarini tasdiqlab, “o‘z javobini kutishga” chaqirdi.
“Albatta, Burxonovichga har bir band bo‘yicha javob qaytaraman. Kanalimiz auditoriyasi javobimni ko‘rib, Usmonovning murojaatini ko‘ra olmasligi yuzasidan savollar yuzaga kelmasligi uchun uning videosini kanalimizga to‘liq yuklayman”, — deb yozdi Navalniy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq milliarder Alisher Usmonov “Vkontakte” ijtimoiy tarmog‘ida muxolifatchi Aleksey Navalniyga qaratilgan 12 daqiqali videmurojaatni joylashtirdi.
Izoh (0)