Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoyni qo‘rqoq deb atadi. Bunga Madriddagi Venesuela madaniyat markazi yaqinida mamlakat elchisiga hujum uyushtirilgani haqidagi mishmishlar sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Raxoy, sen qo‘rqoqsan, sen birorta mamlakat elchisiga hujum qila olmaysan. Sen ular Venesuela elchixonasiga hujum qilishlariga yo‘l qo‘yib bera olmaysan, bu fashizm”, — dedi Maduro.
Venesuela rahbari, shuningdek, qirol Felipe IV dan voqeani sinchiklab taftish qilishni so‘radi.
Bundan tashqari, Maduro Venesuelada yangi saylov o‘tkazishni tavsiya qilgan Ispaniya sobiq bosh vaziri Felipe Gonsalesni kalaka qildi:
“Allaqanday Felipilyo Gonsales Venesuelaga maslahat bermoqda. O‘ylashimcha, Felipilyo qandaydir qirolning qayta tug‘ilishi bo‘lsa kerak. Ba’zan u shirakayfligida xaritaga qarab, Venesuela menga tegishli deb o‘ylasa kerak”.
Ilgariroq Venesuelaning Madriddagi elchisi Mario Isea 200 dan ortiq namoyishchining tutquni bo‘lib qolganini ma’lum qildi. Namoyishchilar elchixona yaqinida Maduro va Venesuelaning amaldagi hukumatiga qarshi aksiyalar o‘tkazmoqda.
Izoh (0)