Xitoy Xalq armiyasi qo‘shinlari Boxayvan ko‘rfazida yangi turdagi raketani sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda 9-may, seshanba kuni XXR Milliy mudofaa vazirligiga tayanib, “Sinxua” agentligi ma’lum qildi.
“Sinov davomida kutilgan natijaga erishildi”, — deyiladi mudofaa kuchlari bayonotida. Vazirlik sinov parvozi milliy xavfsizlik tahdidini tiyib turish uchun qo‘shinlar jangovar mahoratini oshirishga qaratilgan har yilgi mashg‘ulotlar doirasida o‘tkazilganligini ma’lum qildi.
Avvalroq 20-aprel kuni Pekin Milliy armiyani isloh qilish davomida quruqlikdagi qo‘shinlar sonini chorak martadan ko‘proq qisqartirishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Bu esa 200 ming harbiy xizmatchini tashkil qiladi.
Izoh (0)