Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Suriya kurdlarining Xalq mudofaasi otryadlari (YPG) qo‘liga yetib boradigan har bir qurol Turkiya uchun tahdid ekanligini aytib o‘tdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bir muddat ilgari Oq Uy Suriya kurdlariga terrorga qarshi kurash uchun qurol yetkazib berishga qaror qilgandi. Ammo Turkiya rasmiylari ushbu qarorni o‘z chegaralari uchun xatarli deya baholadi.
Chavusho‘g‘li YPG ham Kurdiston ishchi partiyasi singari terrorchi harakat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)