Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh prezidenti Donald Tramp bilan o‘tkazilgan birinchi uchrashuv yakunlari bo‘yicha bergan matbuot anjumanida tadbirda xalqaro muammolarni birgalikda hal qilish borasida kelishuvga erishilganini aytib o‘tdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Uning matbuot anjumani Rossiyaning AQShdagi elchixonasida bo‘lib o‘tdi.

O‘z navbatida, Tramp Oq Uyda tashkil qilingan matbuot anjumanida Lavrovdan so‘ng Davlat departamentining sobiq rahbari Genri Kissinjer bilan uchrashganini aytib o‘tdi. Tramp Rossiya vakili bilan uchrashuvini “juda va juda yaxshi” deb baholadi.

Shuningdek, Tramp Kissinjer bilan Rossiyani, Turkiyani va boshqa masalalarni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi.

“Lavrov bilan juda va juda yaxshi uchrashuv bo‘ldi. Suriyadagi dahshatli qotilliklar imkon qadar to‘xtatilishini istaymiz va barchamiz shu maqsad yo‘lida ishlamoqdamiz”, — xulosa qildi AQSh rahbari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi