Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

8-may kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati IIB militsiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 1990-yilda tug‘ilgan, Botken viloyati “Qizil-bel” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro qo‘lga olingan. U Opel Vectra (davlat raqami S 0665 AI) avtomobili kapotida militsiya patruli xodimini sudrab ketgan, deb xabar berdi “1news.uz”.

Foto: “1news.uz”

Foto: “1news.uz”

Botken viloyatining IIB matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 6-may kuni soat 10:30 larda militsiya patruli xodimlari Nurgaziyev ko‘chasidagi yo‘l uchastkasida xizmat vazifasini bajarayotgan bo‘lgan. Opel Vectra avtomobili haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan odamlarga yo‘l bermagan. Qoidabuzarlikni ko‘rgan yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari avtomobilni to‘xtatishga harakat qilgan. Haydovchi ularga bo‘ysunmagan va yashirinishga uringan.

Militsiya patruli xodimlari yo‘ldi to‘sib qo‘ygan, biroq bu ham qoidabuzarni to‘xtata olmagan. U militsiya patruli xodimini mashinasi kapotida 110 metrgacha sudrab borgan. Avtomobil to‘xtagach militsiya xodimi kapotdan tushishga ulgurgan, mashina haydovchisi esa noma’lum yo‘nalishda berkingan.

Foto: “1news.uz”

Foto: “1news.uz”

Foto: “1news.uz”

Foto: “1news.uz”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi