Falastin yetakchisi Mahmud Abbos Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan AQSh prezidenti Donald Tramp shafeligida uchrashishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda, The Jerusalem Post nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
U mazkur uchrashuv o‘tkazilishining biror-bir shartini tilga olmadi.
“Biz Tramp bilan hamkorlikka hamda tinchlikni tiklash uchun uning shafeligida Isroil bosh vaziri bilan uchrashishga tayyorligimizni tasdiqladik”, — dedi Falastin yetakchisi.
RT’ga bergan intervyusida Mahmud Abbos Tramp Falastin-Isroil ixtilofi bo‘yicha ko‘plab ma’lumotga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi:
“U biz muhokama qilgan masalalarni juda chuqur tushunishini namoyish qildi. U ularni tezda qabul qilib, muhokamaga o‘tar edi. Bu uning katta hajmdagi axborotga ega ekanligini tasdiqlaydi. U biror mavzuda savol berganida bu haqda ilgari ham eshitgani bilinib turar edi”.
Izoh (0)