Buyuk Britaniyaning Duvr shahrida ko‘cha rassomi Benksi turar-joy binosiga Yevropa Ittifoqi bayrog‘idagi 12 yulduzning birini sindirayotgan ishchining rasmini tasvirladi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Kimligini oshkor etmayotgan rassom ushbu suratni tunda chizib tugatdi. U suratni o‘zining Instagram’dagi sahifasiga ham joyladi.
Avvalroq, aprel oyining boshlarida bir ayol Tel-Aviv yaqinida bo‘lgan ko‘rgazmada Benksining yuzini ko‘rganini ma’lum qilgan, biroq ko‘pchilik unga ishonmagan, rassom ko‘chada niqobsiz paydo bo‘lmasligi haqida gaplar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, binodagi mazkur rasm Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqish jarayoni boshlangan vaqtda yaratildi.
Izoh (0)