• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Javohir Zokirov kastingdan o‘tolmagani, farzandlarining qiziqishlari va Nargiz Zokirovaning O‘zbekistonga qaytishi haqida

    Aktyor Javohir Zokirov “Darakchi.uz” nashriga bergan intervyusida kastingdan o‘tolmagani, farzandlarining qiziqishlari, Nargiz Zokirovaning O‘zbekistonga qaytishi va boshqalar haqida gapirib berdi.

    Foto: “Nasimov.pro”

    Foto: “Nasimov.pro”

    O‘zining yangi filmi — “Toshkentim — onam” haqida

    Rejissor sifatida uchinchi filmimni taqdim etish arafasidaman. Biroq “Toshkentim — onam” muallifligimdagi ilk yirik kinoloyiha. Bu kartina mehr-oqibat va muhabbat mavzusida. Bu gapimni o‘qiganlarning “Yana o‘sha mavzumi?” deya ensasi qotishi mumkin. Lekin dunyoga mashhur rejissorlar ham bu mavzuga turlicha yondashib, tomoshabinning e’tiborini qozonib kelgan. Men ham bu mo‘jizaviy his-tuyg‘ularni o‘zimdan kelib chiqqan holda ekranga olib chiqishni istadim. Ssenariy muallifi, turmush o‘rtog‘im — Shahrizod G‘ulomova. U bilan birgalikda hayotimiz davomida ko‘rgan voqealarni badiiylashtirib film qildik. Uni munosib baholashadi, deb umid qilaman. Endi filmning nomlanishiga kelsak. Turli fe’l-atvordagi qahramonlarning taqdiri aynan poytaxtimiz — Toshkent bilan uzviy bog‘liq. Eng qizig‘i, tomoshabinlar birinchi marta ekranda hayotdagi Javohirni ko‘rishadi. Ya’ni, men faqat rejissorlik bilan cheklanmadim (kuladi). Shuningdek, filmda mashhur aktyor Farhod Mahmudov bilan ham yaqindan “tanishishlari” mumkin. Ya’ni, Farhod ham filmda o‘zini “o‘ynadi”.

    “Mehmonxona” serialidagi roli haqida

    Muallif Nurilla Abbosxon serialning ikkinchi mavsumida aynan meni tasavvur etgan holda ssenariy yozgan ekan. Qahramonimning xarakteri juda qiziq. Avval salbiy obrazda bo‘lib, keyin voqealar rivojida yaxshi tomonga o‘zgarib boradi. Serial va undagi rolim haqida faqat shuni aytishim mumkin. Chunki ayrim sabablarga ko‘ra, hozircha, tasvirga olish ishlari to‘xtatilgan. Ammo umid qilamanki, tez kunda yana davom ettiramiz.

    Rossiyaning “Birinchi kanal”i buyurtmasiga binoan suratga olingan “Oltin O‘rda” serialida ham suratga tushgani haqida

    Ushbu serial haqida shunchaki gapirib o‘tish noto‘g‘ri, nazarimda. Rejissor, aktyorlar va umuman ijodiy guruhning har bir a’zosi haqiqiy professionallar edi. Ular qatorida men ham bo‘lganimdan juda xursandman. Tarixiy-fentezi janrida suratga olingan filmni tomosha qilib, turli davrlarda ro‘y bergan voqealarga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

    Filmdagi munajjim roliga nega aynan meni tanlashganini rosti, o‘zim ham bilmayman. Lekin bunga osonlikcha erishganim yo‘q. Kinosinovga faqat uchinchi gal borganimdagina rejissor va prodyuser meni rolga tasdiqlashgan. Shuncha qiyinchiliklarga qaramay, bu loyihada ishtirok etganimdan xursandman.

    Xorijlik rejissor va prodyuserlarning aktyorlarimizga bo‘lgan qiziqishi juda kuchli. Afsuski, ular bizning aksariyat kartinalarimizga yuqori baho berishmaydi. Lekin menimcha, rivojlanish bor. Vaqti-soati yetib, o‘zbek kinosi ham dunyo miqyosiga chiqishiga ishonaman.

    “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” filmidagi Abdullatif roli haqida

    Bu film va rol men uchun juda qadrli. Rejissor Bahodir Yo‘ldoshev va Gollivud aktyorlari bilan birgalikda maroq bilan ishladik. Film haqida hamma gapirib, ketma-ket xabarlar chiqdi-yu, lekin negadir yana jim bo‘lib qolishdi. Premyerani men kabi ishtiyoq bilan kutayotgan inson bo‘lmasa kerak. Chunki qahramonimni gavdalantirishda jonimni berib ishladim, yuragimdan o‘tkazgan hissiyotlarimni hozir tushuntirib berolmayman. Filmni tomosha qilgach, meni yaxshiroq tushunsangiz kerak. Shuning uchun keling, bu kino haqida premyeradan so‘ng gaplashamiz...

    Xonandalik faoliyati haqida

    Faol xonanda bo‘lish uchun moliyaviy tomondan juda baquvvat inson bo‘lishingiz kerak. Mening ijodga bo‘lgan qarashim hozirgi ba’zi xonandalarnikidan farq qiladi. Bugun tinglovchilarga yoqsa-yoqmasa, “Reytingni ushlab turish kerak. To‘ylarim kamayib ketmasin”, deb kuylashyapti. Men bunday qilolmayman. Qo‘shiq yurakdan chiqishi shart.

    Ruslan Sharipov bilan munosabatlari haqida

    Rostini aytishim kerak, Ruslan bilan ko‘rishmaganimizga ancha bo‘ldi. O‘tgan yili internetda uning suratlarini ko‘rib, ko‘nglim og‘ridi. Kuchli iqtidor egasi shunday ayanchli ahvolga tushib qolganidan juda xafa bo‘ldim. Bilasizmi, mashhurlikni ko‘tarib yurish oson ish emas. Hammaning tiliga tushgan paytda tarqalgan gap-so‘zlarni yengib o‘tish uchun irodasi bo‘shlik qildi, deb o‘ylayman. Lekin bu vaziyatda uning oilasi va eng asosiysi turmush o‘rtog‘i dastak bo‘lishi shart. Aynan ular, begonalar tosh otganda yoki mish-mish tarqatganda, Ruslanning yonida turib, unga dalda bo‘lganda, qo‘llab-quvvatlashganda hozirgi holat yuzaga kelmasmidi, balki... Axir har bir buyuk erkak ortida, buyuk ayol turadi, degan gap bekorga aytilmagan-ku?!

    O‘zbek xonandalarining ijodi haqida

    Ulug‘bek va Jahongir Otajonovlarning qo‘shiqlari yoqadi. Jahongir konsertiga taklif etgan edi, ishlar bilan bo‘lib, borolmadim. Uning jonli ijroda kuylashini hurmat qilaman.

    2001-yil “Istiqlol” san’at saroyi­da yakkaxon konsert dasturimni taqdim etganman. Fonogrammada kuylagandim, o‘shanda. Konsert yakuniga yetguncha, o‘zim ham tamom bo‘lay degandim. Sahnaga chiqib yolg‘ondan, o‘zimni xuddi qo‘shiq kuylayotgandek tutganimni hazm qilolmay, vijdonim qiynalgan. Chunki aslida, fonogrammani jinim suymaydi. Shu sabab ham bugungi konsertlarga bormayman. Mayli, mini-diskni qo‘yib, kuylashsin, kimdir buni o‘ziga ep ko‘rar, lekin shunga yarasha chiptalar narxini 5-6 barobarga arzonlashtirishsin. Axir, fono­gramma tomoshasi uchun yuz ming so‘mlab pul to‘lash noto‘g‘ri-ku? Bunday xonandalarga faqat insof so‘rayman...

    Qarindoshi Nargiz Zokirova haqida

    Nargiz bugun faqat men bilan gaplashib turibdi. Ishi ko‘p, gastrol safarlari kundan-kunga ko‘payib bormoqda. O‘zbekistonga nega kelmayotgani sababi haqida esa o‘zi gapirgani ma’qul, bu haqda men gapirishim noo‘rin. Biroq shu kunlarda uni O‘zbekistonga qaytarish haqida o‘ylab yuribman. Uning konsert dasturidan yurtdoshlarimiz ham bahramand bo‘lishlarini istayman. Urinishlarim besamar ketmasa, albatta, u bilan ko‘rishasiz...

    Farzandlarining qiziqishlari haqida

    Kenjatoyimiz Said Karim haqiqiy san’atkor. Rafiqam ikkimiz uning harakatlarini ko‘rib, hozirdan kelajakda qaysi kasbni egallashini bilib turamiz. Aslida men uning opera xonandasi bo‘lishini istayman. Uning yo‘g‘on ovozini eshitsangiz, o‘zingiz ham bunga amin bo‘lasiz. Yaqinda qizimga kinoda rol ijro etasanmi, desam, rad etdi. Negadir, bolalarim tengqurlari singari ekranga chiqishga qiziqishmaydi, boshqalarning ko‘zidan yiroq bo‘lishni istashadi.

    O‘g‘lim juda erka. O‘zini erkin tutishga o‘rgangan. Atrofimizdagilarning aytishicha, uni juda taltaytirib yuborganmiz. Balki shundaydir, bilmadim... Hali kichkina deb uncha qattiqqo‘llik qilmasdim. Biroq endi sekin-sekin chegaralar qo‘yilyapti. Chunki kelajakda aynan shu erkaligi uchun hayotda qiynalib qolishini istamayman.

    Hayotiy qarashlari haqida

    Ko‘p narsalar o‘zgarganini sezyapman. Masalan, bu dunyoda oila va farzandlardan muhim hech narsa yo‘qligini tushunib yetdim. Ish, san’at, boylik, mashhur inson bo‘lish hammasi ahamiyatsiz, aslida. Inson faqat yaqinlarining yonida, ularning qalbida bo‘lishi kerak. Qolganlari ikkinchi darajali. Bilasizmi, bolaligimda ota-onam ko‘p ishlashardi. Shuning uchun ko‘p vaqtim buvimning uyi­da yoki ular bilan birgalikda gastrol safarlari, tasvirga olish maydonchalarida o‘tgan. Bugun men bunday qilmayapman. Bo‘sh vaqt topdim deguncha oilamga, bolalarimga e’tibor berib, birgalikda vaqt o‘tkazamiz va doim shunday bo‘ladi. Hayotim davomida qo‘limdan kelgancha ularga yordam berishni niyat qilaman.

    07.05.2017, 09:18   Izoh (0)   71040
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Feruza Saidova: “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” bo‘lish xayolimga ham kelmagandi

    04.05.2017, 09:02

    Saudiya Arabistonida ilk kinoteatr va opera uyi ochiladi

    30.04.2017, 23:13

    Oliver Stoun Vladimir Putin haqidagi film ustida ish boshladi

    30.04.2017, 17:59

    Fotogalereya: Filipp Kirkorovning yubileyi

    30.04.2017, 13:03

    Haqiqiy voqealarga asoslangan halokatlar haqidagi filmlar

    27.04.2017, 23:06

    Muhammad Yusufning qizi Madina Yusupova: Dadam eng yaqin sirdoshimiz edilar

    27.04.2017, 14:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50

    Ukraina AQSH yordamisiz qancha vaqt Rossiyaga qarshi tura olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 2 iyul, 23:35

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05

    O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurash: olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev Sea Breeze kurort majmuasi faoliyati bilan tanishdi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:38

    O‘zbekiston Kubogi. “Paxtakor” “Olimpik mobiuz”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 2 iyul, 22:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.