AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyaning barcha hududida IShID va “al-Qoida”ga qarshi kurashishda davom etadi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi vakili mayor Adrian Renkin-Gellouey bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
“Koalitsiyamiz avvalgidek IShID va ‘al-Qoida’ni ular qayerda ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha yerda nishonga olishda davom etadi”, — dedi u, AQSh Suriyadagi deeskalatsiya zonalari ustida parvoz qilishda davom etish-etmasligi haqidagi savolga javob berarkan.
Pentagon vakili koalitsiya o‘zining va Rossiyaning samolyotlariga bo‘lgan tahdidni minimum darajaga tushirishga intilishda davom etayotganini bildirdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.