Islandiya kronasi 2016-yil ichida dollar va yevroga nisbatan dunyodagi boshqa har qanday valyutalardan ham ko‘ra kuchliroq mustahkamlanib oldi, deb yozadi TJournal. Bu iqtisodiyotning keskin o‘sishi tufayli yuz berdi, unga esa o‘z navbatida sayyohlar oqimining keskin ko‘payishi sababchi bo‘ldi.
2016-yilning to‘rtinchi choragida Islandiya yalpi ichki mahsuloti yillik hisobda 11,3 foizga ko‘tarilib ketdi. 2016-yilda aholisi 330 ming kishidan sal oshadigan mamlakatga 1,8 million sayyoh tashrif buyurdi, bu 2015-yildagidan 40 foizga ko‘p demakdir.
Bunda “Taxtlar o‘yini” seriali kattagina rol o‘ynadi, uning ko‘plab manzaralari aynan Islandiyada suratga olingandi. Mamlakat Markaziy bankining kuzatuv kengashi a’zosi Olafur Margeyrsson so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab sayyohlar Islandiyani serialda ko‘rgach, bu yerga kelishga qaror qilgan.
Izoh (0)