Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koreya Respublikasining yuz minglab fuqarosi mamlakatning muddatdan oldingi prezidentlik saylovlarida ovoz berish jarayonida qatnashdi. Milliy saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, tonggi 9 holatida 590 mingdan ortiq odam byulletenlarni qutiga tashlagan, deb yozadi “TASS”.

Foto: “Kp.ru”

Foto: “Kp.ru”

“5-mayga qadar davom etadigan muddatdan oldin ovoz berishda yana ko‘plab saylovchilar ishtirok etishi kutilmoqda”, — deya ta’kidlaydi Milliy saylov komissiyasi.

Barcha byulletenlar muhrlangan seyflarda saqlanadi, ular 9-may kechqurun, prezidentlik saylovlari yakunlangandan keyingina ochiladi.

Oliy davlat lavozimi uchun 13 ta nomzod kurashmoqda. Ro‘yxatdan o‘tgan yana ikki nomzod avvalroq saylovoldi poygasida ishtirok etishdan voz kechgan.

Oxirgi ijtimoiy tadqiqotlarga ko‘ra, “Toburo” Demokratik partiyasidan nomzod Mun Chje In eng ommabop nomzoddir. Uni qo‘llab-quvvatlash reytingi 42,2 foizni tashkil etmoqda. Undan keyingi o‘rinni markaziy Xalq partiyasi nomzodi An Chxol Su egallamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)