Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iroq harbiy kuchlari Mosul shimoli-g‘arbida IShID jangarilariga qarshi yangi jabha ochdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Shahar markazi tomoniga 9-zirhli tank diviziyasi, shuningdek, IIV tez ta’sir kuchlari otryadlari yo‘l oldi. Komandirning so‘zlariga qaraganda, bu maxsus qo‘shinlar va IIV qismlariga IShIDga qarshi kurashda yordam beradi.

Iroq armiyasi AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari ko‘magida 2016-yil oktabridan buyon Mosulni ozod qilish bo‘yicha operatsiya olib bormoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)