Samsung kompaniyasi Janubiy Koreya yer, infrastruktura va transport vazirligidan haydovchisiz avtomobillarni sinovdan o‘tkazishga ruxsatnoma oldi. Bu haqda, The Korean Herald nashriga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Kompaniyaning yangi loyihasi haqidagi axborot hozircha yetarli emas. Haydovchisiz mashinalar Hyundai markazi tijoriy avtomobillari negizida yaratilishi ma’lum, xolos.
Samsung haydovchisiz avtomobillarga qiziqishini 2015-yildayoq bildirgan edi. O‘shanda kompaniyada maxsus bo‘lim ham tashkil etilgan edi.
Izoh (0)