Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev imzolagan farmonga binoan Rossiya Qirg‘izistonning 240 million dollar miqdoridagi qarzidan voz kechganini bildirdi. Tegishli hujjat huquqiy axborot portalida chop etildi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Ushbu kredit 2012-yili Tashqi iqtisodiy bank tomonidan rasmiy Bishkekka taqdim etilgan edi.
Qaror Rossiya tomonidan Qirg‘iziston respublikasini rivojlantirishga rasmiy yordam ko‘rsatish doirasida qabul qilindi.
Izoh (0)