Shu yilning 29-aprel kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyati, O‘zgan tumanidagi Ayu qishlog‘iga yopirilgan ko‘chki ostida 11 uy qolib ketgani xabar berilgandi. Ko‘chki ostida hozircha jami 5 kishining jasadi aniqlandi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Avvalroq ko‘chki ostidan ikki bolaning tanasi topilgani haqida xabar berilgandi. 1-may kuni esa 1997-yilda tavallud topgan qizning tanasi aniqlangandi.
Xabarda qayd etilishicha, 2 aprel kuni kechga yaqin dastlab 1978-yili tavallud topgan erkakning jasadi, keyin esa 2013-yilda tug‘ilgan bolaning tanasi topildi.
Mavzuga doir: Qirg‘izistonning Toshkentdagi elchixonasida ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritildi
29-apreldan bugungi kungacha ko‘chki ostida qolgan halok bo‘lgan deb hisoblanayotgan 24 kishidan 5 nafarining jasadi topildi. Qidiruv ishlarini to‘xtatish borasida qaror qabul qilinmadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)