Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Sochi shahrida futbol bo‘yicha mamlakat kubogining final uchrashuvi o‘tkazildi. Unda Moskvaning “Lokomotiv” hamda Yekaterinburgning “Ural” klublari o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: “Lokomotiv”

Foto: “Lokomotiv”

Bellashuvda “temiryo‘lchilar” 2:0 hisobida zafar quchdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov jamoasi safida to‘liq — 90 daqiqa harakat qildi.

Vitaliy Denisov “Lokomotiv” bilan 2014/15-yilgi mavsumda ham rossiya kubogini qo‘lga kiritgan.

“Lokomotiv” finalga qadar birorta ham jiddiy raqib bilan to‘qnash kelmaganini aytish kerak: “Ximki”, “Krilya Sovetov”, “Tosno”, “UFA”. “Ural” futbolchilari esa hal qiluvchi o‘yinga qadar “Chelyabinsk”, “Amkar”, “Krasnodar”, “Rubin” kabi klublarni kubok bellashuvlaridan chiqarib yuborgandi.

Rossiya Premyer-ligasining ortda qolgan 26-turidan keyin “temiryo‘lchilar” 35 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi. Yuriy Syomin shogirdlarida 45 ochko bilan kuchli to‘rtlikni yakunlab turgan “Krasnodar”ga yetib olishning faqatgina nazariy imkoniyati bor. Biroq amalda “Lokomotiv” katta ehtimol bilan yevrokuboklar uchun kurashdan chiqib ketgan.

29 ochkosi bor “Ural” esa 11-o‘rinni egallab turibdi. Nazariy jihatdan klub quyi divizionga tushib ketishi mumkin. Amalda esa katta ehtimol bilan kelasi mavsumni ham Premyer-ligada davom ettiradi.

Rossiya kubogi Final 2-may, seshanba

“Lokomotiv” — “Ural” 2:0

Gollar: Igor Denisov, 76 (1:0). Aleksey Miranchuk, 90+1 (1:1).Chetlatishlar: Artyom Fidler, 90+6 (L). Edgar Manucharyan, 90+6 (L). Ari, 90+6 (U). Jefferson Farfan, 90+6 (U).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi