Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Niderlandiyaning Eyndxoven texnologiya universiteti talabalari dunyodagi birinchi bilogik parchalana oladigan avtomobilni ishlab chiqdi, deb yozadi “Motor”.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Lina deb nom olgan avtomobilni yaratishda zig‘ir tolasidan foydalanildi, u bir-biriga turli burchaklar ostida ustma-ust qo‘yilsa, mustahkamlik bo‘yicha karbon yoki alyuminiydan kam bo‘lmagan tuzilmani hosil qiladi.

Mashinani elektr motor harakatga keltiradi, ammo uning tavsifi keltirilmayapti. U ilk sinovlardan o‘tgan , biroq tezligi velosipednikidan oshmagan. Hozirda yaratuvchilar umumiy foydalanishdagi yo‘llarda sinash uchun ruxsat berilishini kutmoqda.

Mashinani ishlab chiqqan talabalar dunyodagi eng ekologik avtomobil yaratdik, deb hisoblamoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, karbon va alyuminiydan detallar ishlab chiqarishga shunday po‘lat elementlar uchun ketadigan energiyadan olti baravar ko‘proq energiya sarflanadi. Zig‘ir tolasidan detallarni tayyorlash esa ancha oson.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi