Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bir hafta ichida Toshkentning ikkinchi grand klubi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi. 26-aprel kuni “Paxtakor”ning yangi rahbariyati rasman tanishtirilgan bo‘lsa, 2-may kuni “Bunyodkor”ga yangi rahbarlar tayinlandi.

Foto: SkyscraperCity

Foto: SkyscraperCity
“Bunyodkor” matbuot xizmatining xabar berishicha, “O‘zTransGaz AK boshqaruv raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Ashurov klub prezidenti etib tayinlangan.

Shu kunga qadar “qaldirg‘ochlar” bosh direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan Baxtiyor Boboyev o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozgan va ishdan bo‘shagan. Uning o‘rniga o‘z vaqtida Madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari sifatida ishlagan Murod Aliyev tayinlangan.

Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” Baxtiyor Boboyev rahbarligida ketma-ket uch yil davomida mamlakat chempionligini qo‘lga kirita olmadi. Shuning ikki yilida Oliy ligadagi eng past natijasini qayd etib, chempionatni 4-o‘rinda yakunladi.

“Bunyodkor”, shuningdek, Osiyo Chempionlar ligasida ham muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, ketma-ket uch yil guruh bosqichidan chiqa olmadi. Shuningdek, 17 o‘yinning 16 tasida raqiblarini mag‘lub eta olmagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Oila a’zolari tomonidan muntazam jinsiy zo‘ravonlikka uchrayotgan bolalar ham topiladi” — Bolalar ombudsmani
Mahalliy
Sogʻliqni saqlash vaziri: Taʼlimda oʻzgarish qilmas ekanmiz, tibbiyot ham oʻzgarmaydi
Mahalliy
Buxoroda Nexia-2 ariqqa tushib ketdi (video)