Suriya qurolli muxolifati Ostonadagi Suriya bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishga taklif qilindi, guruhlardan hech biri unda ishtirok etishga qarshi fikr bildirmadi. Bu haqda 30-aprel, yakshanba kuni qurollangan guruhlar delegatsiyasi a’zosi Fateh Hassun ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Biz Ostonaga rasman taklif oldik. Taklif Rossiya delegatsiyasi tomonidan og‘zaki shaklda bildirildi. Hozirgi paytda qurollangan guruhlardan Ostonaga borishga qarshi birorta ham ovoz berilmagan. Aksincha, ular Rossiyaning yangi taklifiga vaziyatni yaxshilovchi vosita sifatida qaramoqda”, — deydi nashr suhbatdoshi.
“Suriya arab respublikasi tashkil topgandan buyon Rossiya va Suriya xalqlari kuchli aloqaga ega ekanligi tufayli Rossiya muzokalarning bir tomoni emas, uning kafolati bo‘lishiga umid qilamiz. Rossiyaning rejimni qo‘llab-quvvatlash tanlovi noto‘g‘ri tanlov bo‘lib, Rossiya buni yaqin vaqt ichida to‘g‘rilashiga umid qilamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Suriya bo‘yicha navbatdagi muzokaralar Qozog‘iston poytaxtida 3—4-may kunlariga rejalashtirilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!