Shvetsiya poytaxtida 29-aprel kuni “Vikinglar hayoti” nomli yangi muzey ish boshladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Muzey Yurgorden orolida Stokgolmning ikki diqqatga sazovor yodgorligi — ABBA guruhi muzeyi hamda “Vasa” nomli XVII asr kemasi orasida joylashdi.
“Muzeyning asosiy maqsadlaridan biri vikinglarga uzoq vaqtdan buyon hamroh bo‘lib kelayotgan afsonlarni fosh qilishdir. Masalan, bu jangchilarning dubulg‘alarida aslida shoxlar yo‘q edi”, — ma’lum qildi muzey direktori Ulf Larsson.
Uning so‘zlariga qaraganda, muzeyga bo‘lgan ehtiyoj ancha oldin tug‘ilgan edi: Stokgolmga keluvchi ko‘plab turistlar skandinavlarning ajdodlari bilan yaqinroq tanishishga intiladi va vikinglar haqida savollar beradi.
Izoh (0)