Estoniya tabiiy fanlar universiteti, Turku universiteti hamda San-Paulu universiteti olimlari Janubiy va Markaziy Amerikada iskabtoparlarning shu paytgacha noma’lum turlarini aniqladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Kolumbiya va Kosta-Rikadan aniqlangan iskabtoparlarning besh yangi turi ZooKeys ilmiy jurnalida chop etilgan maqolada tavsiflandi.
Bular 2 millimetr bo‘yga ega kichik iskabtoparlardir. Ular tropik yomg‘irli o‘rmonda istiqomat qiladi, mahalliy issiq va nam iqlim tufayli ularning populyatsiyasi juda kattadir.
Bu iskabtoparlar odamlarning ham, boshqa jonivorlarning ham qonini ichmaydi, xastaliklar tarqatmaydi, ma’lum qildi maqola mualliflaridan biri — Tabiiy fanlar universiteti katta ilmiy xodimi Olavi Kurina.
Shu bilan birga, ularning lichinkalari chiriyotgan organik moddalar bilan oziqlanib, redutsent sifatida muhim rol o‘ynaydi.
Izoh (0)