Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniyaning Nort-Yorkshir grafligida joylashgan Uest Xeslerton qishlog‘i sotildi. U 2016-yilda 20 million funt (26 million dollarga yaqin) boshlang‘ich qiymat bilan sotuvga qo‘yilgan edi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: Cundalls

Foto: Cundalls
Qishloqda 43 ta uy, bundan tashqari, 21 xona va 2 116 akr yer maydoniga ega bo‘lgan katta hovli-joy mavjud.

150 yil davomida qishloqqa bitta oila egalik qilgan. 2010-yilda qishloqning oxirgi egasi 84 yoshli Iv Danuey vafot etgandan so‘ng aholi punkti sotuvga qo‘yildi. Uning merosxo‘rlari mulkdan qutulishga qaror qildi.

Foto: Cundalls

Foto: Cundalls

Albanwise investitsiya kompaniyasi qishloqning yangi egasiga aylandi. Uest Xeslerton qishlog‘i sotilgan yakuniy qiymat ma’lum qilinmadi.

Qishloq har yili 388 ming funtga yaqin daromad keltiradi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Pshenichnikovdan Krasnitskiygacha. IFFHS talqiniga ko‘ra O‘zbekiston orzular terma jamoasi
Dunyo
Ukraina mudofaa vaziri G‘arbning uzoq masofali raketalari bilan Rossiya hududini o‘qqa tutmaslikka kafolat berdi
Mahalliy
“Muhojirlik boshingizga tushmas ekan, Vatan nimaligini bilolmaysiz” — Navbahor Imomova Amerikadagi diasporalar haqida gapirdi