Guruch – dunyodagi eng ommabop oziq-ovqatlardan biri va sayyoramiz yarim aholisi ovqatlarining asosiy qismi hisoblanadi. Donining kattaligi bo‘yicha u uch turga ajratiladi: dumaloqdonli, o‘rtachadonli va uzundonli. Lekin o‘lchamidan tashqari, guruch rangi, tarkibidagi kraxmal va donning ishlanish darajasi bilan ham farq qilishi mumkin.
Arborio
Rizotto, bo‘tqalar, paeli va sho‘rvalar uchun mos keladi.Rizotto tayyorlashda ishlatiladigan guruch ular ichida eng mashhur hisoblanadi. Navi qisqadonli, dumaloq guruchlar tarkibi kraxmal va pektinga boyligi bilan ajralib turadi.
Basmati
Palov, garnirlar uchun mos keladi.Bu ingichka uzundonli guruch Himolay tog‘lari yonbag‘rida yetishtiriladi. Basmati shirin ta’m va o‘ziga xos o‘tkir xushbo‘y hidga ega.
Yelimshiq guruch
Desertlar, pishiriqlar, pudinglar uchun mos keladi.Guruchning bu turi “yopishqoq” va “shirin”ligi bilan tanilgan. Aslini olganda bu guruchning nomidan farqli o‘laroq, tarkibida kleykovina yo‘q, lekin unga yelimsimon xususiyat beruvchi amilopektinga boy. Shu xossalari uchun aynan yelimshiq guruch shirin taomlar tayyorlashda ishlatish tavsiya qilinadi.
Jigarrang guruch
Oq guruch ishlatiladigan hamma taomlar uchun mos keladi.Oq guruchning po‘sti tozalanadi va silliqlanadi. Jigarrang guruchni esa po‘sti ichida qoldiriladi va ishlov berilmaydi. Shu tufayli uning tarkibida vitaminlar va foydali moddalar ko‘proq bo‘ladi, lekin bu guruch uzoqroq vaqtda pishadi.
Manba: “Steaklovers.menu”
Izoh (0)