Fransiyaning Bezye shahri meri Rober Menar shaharda musulmon bolalari ko‘payib ketgani haqidagi so‘zlari tufayli jarimaga tortildi. Bu haqda, SudRadio resursiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Milliy jabha” o‘ng partiyasi tarafdori bo‘lmish shahar rahbari “nafratga va diskriminatsiyaga da’vat etish”da ayblanmoqda. Bunga sabab uning Twitter’da qoldirgan izohi bo‘ldi.
Qizig‘i, o‘z mikroblogida u musulmon bolalarini tilga olmay, faqat ishora qilib o‘tgan.
“O‘zgarish jarayoni ketayotganining eng yorqin dalilini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, shunchaki eski maktab suratlariga qarang”, — deb yozgan siyosatchi.
https://twitter.com/RobertMenardFR/status/771404889754927104
Menar sud qaroriga ko‘ra 2 ming yevro jarima to‘laydigan bo‘ldi. Shuningdek, u sud xarajatlari uchun ming yevro, ma’naviy zarar uchun yetti huquq himoya qiluvchi tashkilotga ming yevrodan to‘laydi.
Menarning advokati sud qarori ustidan shikoyat qilishini bildirdi. Merning o‘zi esa sudni “bu yo‘l bilan so‘z erkinligiga qatl hukmi o‘qimaslikka” chaqirdi.
Izoh (0)