Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi oila va nikoh, farzand tarbiyasi, fuqarolarning ijtimoiy maqsad va intilishlariga bag‘ishlangan so‘rov o‘tkazdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Qayd etishlaricha, so‘rovda O‘zbekistonning barcha hududlaridan turli aholi qatlamlari vakillari ishtirok etgan. So‘rovnomada ishtirok etgan respondentlar soni haqida batafsil axborot berilmagan.

“O‘tkazilgan monitoring aholining katta qismi (90,7 foizi) oilalarning ajralishiga salbiy munosabatda ekanini ko‘rsatdi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Fuqarolar oila buzilishiga asosan yoshlarning oilaviy hayotga tayyor emasligi, ularda hayotiy tajriba yetishmasligi, bir-biri bilan murosa qila bilmasligi, kelishmovchiliklarning oldi olinmayotgani, vaqtinchalik moddiy qiyinchiliklar, er-xotinning fe’l-avtori bir-biriga mos kelmasligi sabab bo‘layotganini qayd etgan.So‘rov ishtirokchilarining fikricha, “turmush qurayotgan yoshlarning muhabbati, bir-birini hurmat qilishi, ishonishi va qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, milliy an’ana, urf-odatlarimiz va odob-axloq normalariga rioya etishi baxtiyor va mustahkam oila tashkil topishida muhim omillar hisoblanadi”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6-oktabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi