Professional boksdagi ilk jangida amerikalik raqibini nokautga uchratgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Fazliddin G‘oibnazarov 20-may kuni ikkinchi bor ringga ko‘tariladi. Bu haqda “Olamsport” bokschining murabbiyi Abror Tursunpo‘latovga asoslanib ma’lumot berdi.
Rio Olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan G‘oibnazarovga kimning raqib bo‘lishi yana bir haftadan keyin ma’lum bo‘ladi. Aniq tomoni, u ringga chiqadigan boks kechasi Nyu-Yorkdagi mashhur Madison square garden’da o‘tadi.
Ma’lumot uchun, G‘oibnazarov o‘zining ilk jangini Kaliforniya shtatidagi StubHub Center arenasida o‘tkazib, amerikalik Viktor Vaskesni ikkinchi raunddayoq taslim qilgandi.
Uning navbatdagi jangi kechasida ikki yo‘nalish bo‘yicha chempion Terens Krouford asosiy bokschi maqomida bo‘ladi. G‘oibnazarovning jangi esa Kroufordning markaziy jangiga qadar o‘tkaziladi.
Izoh (0)