2018-yil Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ilk bor Gana, Keniya va Malavida malyariyaga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Vaksina to‘rt marotaba — birinchi uchtasi bir oyda bir marotaba, so‘nggi to‘rtinchisi 18 oydan keyin kiritilishi lozim.
Sinov laboratoriya sharoitlarida muvaffaqiyatli amalga oshirilganiga qaramay, emlash real hayotda qanday natija berishi noma’lum. Shu bois vaksina bir necha mamlakat aholisigagina nisbatan qo‘llaniladi. Uning natijalarida kelib chiqibgina keyingi harakatlar rejasi tuziladi.
Tadqiqotda 5—17 oylik 750 ming nafar bola ishtirok etadi. Ularning yarmi emlanadi, qolgan yarmi esa nazorat guruhi vakillari rolini bajaradi.
Rejalar bo‘yicha ushbu yoshdagi bolalarni emlash 10 tadan to‘rt holatda malyariyadan saqlash imkonini berishi, og‘ir holatlar miqdorini uch barobar kamaytirishi hamda statsionarda davolanuvchi yoki qon quyish lozim bo‘lgan bolalar sonini kamaytirishi kerak.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)