Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Biz bu zamonda chet tillarini o‘rganish qanchalik muhim ekanligi va ularni o‘rganish natijasida qanday imkoniyatlarga ega bo‘lish haqida yozganmiz. Endi esa keling, bu jarayonni osonroq va yoqimliroq qilish usullari haqida gaplashamiz.

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock

O‘zingizga har kuni turtki bering

Tilni o‘rganish uchun yosh chegarasi yo‘q. Har qanday yoshdagi odamga kerakli yagona narsa — bu motivatsiya. Eng yaxshisi, tilning o‘ziga nisbatan yoki shu til bilan bog‘liq boshqa narsalarga (filmlar yoki kitoblar, qo‘shiqlar yoki videoo‘yinlar, rassom yoki yozuvchi yoqishi) nisbatan qiziqishning bo‘lishi.

Yangi narsalarni sinab ko‘rishdan qo‘rqmang

Tilni o‘rganishning hamma uchun mos keladigan mukammal usuli ham mavjud emas. Turli usullar, turli til maktablari, turli nazariyalar gullab-yashnaydi va raqobatlashadi, urfga kiradi va unutiladi. Hozircha hech biri boshqalarini yengib chiqmagan.

Bittasida to‘xtashdan oldin bir nechta darsliklarni o‘qib ko‘ring. Repetitor bilan shug‘ullanishda ham darslik tanlashda o‘zingiz qatnashing. Xato qilganingizni tushungach, darslikni almashtiring.

O‘qituvchini tanlang

Darslaringiz samarasi va natijasiga sizga tilni o‘rgatayotgan o‘qituvchining ta’siri katta bo‘ladi. Agar siz bu odam bilan o‘zingizni noqulay his qilsangiz, u sizga adolatli munosabatda bo‘lmasa, siz uni tushunmasangiz, hech qanday ikkilanishlarsiz boshqa o‘qituvchini tanlang.

Besh daqiqa qoidasi

Tilni o‘rganish va bilimingizni yaxshi darajada tutib turish uchun ikkita sharoit zarur:
  • siz tilni qo‘llaysiz;
  • buni muntazam ravishda amalga oshirasiz.
Mashg‘ulotlar uchun kuniga 30 daqiqadan sarflaydigan kishi har shanba kuni uch soat dars qilib, boshqa paytlarda kitobni ochib qaramaydigan kishidan kattaroq yutuqlarga erishadi.

Yodlab olmang, o‘rganing

Qoidalarni va kelishiklar nomlarini yodlab olish shart emas — ular qanday ishlatilishini bilish kerak, xolos. To‘g‘ri iboralar, so‘zlar, gaplar, til konstruksiyalari, turlanish va tuslanishlarni esa albatta yod olish zarur.

Yodlab olishga emas, o‘rganishga harakat qiling: qoidalarni tushuning va amalda qo‘llang. She’rlarni, maqollarni qo‘shiqlar matnlarini esa yod oling.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” 29-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Mahalliy
“Selektor yig‘ilishida ayvonda o‘tirmayapsizmi?” — Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqovning tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishdagi audiosi tarqaldi
Mahalliy
Qashqadaryoda bedarak yo‘qolgan 15 yoshli bolaning jasadi topildi