Moldova poytaxti Kishinyovda kuzatilgan kuchli qor shahar hayotini to‘xtatib qo‘yib, joriy yil hosiliga tahdid solmoqda. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Bir necha kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yo‘llardagi tirbandlik ortib ketdi, elektr uzatish tarmoqlari uzildi, bir necha yuz daraxt quladi. Shaharliklarga uyda qolish tavsiya etildi.
Respublikada bunday qor yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida kuzatilmagan edi. Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, aprel oyining oxiridagi muzlash joriy yil hosilini nobud qilishi mumkin. Ayniqsa gul ochishga ulgurgan hosildor daraxtlar jiddiy zarar ko‘rdi.
Instagram foydalanuvchilari voqea joyidan yuzlab fotosuratlar chop etmoqda.
https://www.instagram.com/p/BTKFCdSj3Sw/
https://www.instagram.com/p/BTJtYS6lI_v/
https://www.instagram.com/p/BTJcX9Cg9ot/
https://www.instagram.com/p/BTJOvPUjYcD/
Izoh (0)