Afg‘oniston harbiylari oxirgi sutka mobaynida 58 jangarini yo‘q qilgan bo‘lib, shulardan 42 nafari IShID terrorchi guruhi a’zolaridir. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mamlakat mudofaa vazirligining bildirishicha, operatsiya sharqiy Nangarxar viloyatida o‘tkazilgan. Dehi Bolo va Achin tumanlarida olib borilgan operatsiyalar natijasida ko‘plab radikallar yo‘q qilingan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)