Buyuk Britaniya sobiq mustamlakalaridan birining iqtisodiy o‘sishi qurboniga aylanadi hamda 2022-yilga kelib jahonning eng kuchli iqtisodiyotlari beshligini tark etadi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot yakunlarida aytildi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
XVJ prognozlariga ko‘ra, iqtisodiy o‘sish sur’atlari yiliga 9,9 foizni tashkil etayotgan Hindiston 2022-yilga kelib Britaniya (5) va Germaniyadan (4) o‘zib ketib, jahonda to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.
Joriy yilda Britaniya iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari 2 foizni, keyingi yilda esa 1,8 foizni tashkil etadi. Iqtisodiy tushishning sabablaridan biri mamlakatning Yevroittifoqdan chiqishi (Brexit) bo‘ladi.
Izoh (0)