General Motors Venesuela hukumati mamlakatdagi avtozavodni egallab olganini ma’lum qildi

Amerikaning General Motors konserni Venesuela hukumati mamlakat shimolidagi Valensiya sanoat zonasida joylashgan avtomobil zavodini noqonuniy ravishda egallab olganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters GM bayonotiga tayanib xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: “Liport.ru”

Foto: “Liport.ru”

Hujjatda ta’kidlanishicha, konsern o‘z huquqlarini himoya qilish uchun barcha zarur qonuniy choralarni ko‘radi.

Zavod kutilmaganda Venesuela hukumati nazorati ostiga olindi, shu bilan bir vaqtda barcha operatsiyalar to‘xtatib qo‘yildi. GM’dagilar qayd etishicha, bunday sharoitlarda korxona normal tarzda ishlay olmaydi. Bundan tashqari, avtokonsernning ishlab chiqarish maydonlaridan barcha aktivlar, shu jumladan, avtomobillar ham musodara qilindi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya korxonaning noqonuniy ravishda egallab olinishi kompaniyaning o‘ziga, zavodning 2678 nafar ishchisiga, 79 ta dilerga, shuningdek, barcha yetkazib beruvchilarga o‘nglanmaydigan zarar yetkazishini aytdi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing