Bugun Uzbek Tigers WSB guruh bosqichidagi so‘nggi janglarini Rossiyaga qarshi o‘tkazadi

WSB guruh bosqichining 5-turidan keyin Qozog‘istonning Astana Arlans klubidan keyin ikkinchi bo‘lib turgan Uzbek Tigers bugun — 21-aprel kuni Rossiya jamoasiga qarshi kurash olib boradi.

Foto: “Olamsport”

Foto: “Olamsport”

Mazkur bellashuvlardan keyin guruh bosqichi o‘z yakuniga yetadi. O‘tgan mavsumdan boshlab shu turnirda ilk bor ishtirok etgan Uzbek Tigers, birinchi urinishidayoq yarim finalga qadar yetib borgan bo‘lib, final ostonasida kubaliklarga imkoniyatni boy bergandi.

Uzbek Tigers’ning Rossiya klubiga qarshi ringga chiqadigan bokschilari:

-52 kg: Abror Qodirov — Vyacheslav Tashkarakov
-60 kg: Ulug‘bek Do‘stmurodov — Konstantin Bogomazov
-69 kg: Odil Aslanov — Artyom Zaysev
-81 kg: Madiyor Saidrahimov — Pavel Silyagin
+91 kg: Mirzobek Hasanov — Artyom Suslenkov

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing