Turkiya Oliy saylov kengashi konstitutsiyaviy o‘zgarishlar yuzasidan o‘tkazilgan referendum yakunlariga qarshi muxolifat tomonidan kiritilgan apellyatsiyani qabul qilmadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tarafdorlarining g‘alabasi bilan yakunlangan referendum natijalarini bekor qilish talabi bilan Xalq respublikachi partiyasi chiqqan edi. Apellyatsiyani yoqlab Oliy saylov kengashining bir a’zosi ovoz berdi, o‘n kishi esa qarshi chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, 16-apreldagi referendum yakunlariga ko‘ra Turkiyada prezidentlik boshqaruvi tizimiga o‘tish boshlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, konstitutsiyaviy o‘zgarishlarni yoqlab 51,4 foiz saylovchi ovoz bergan.
Izoh (0)