AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati hali KXDR bilan denuklearizatsiya doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borishga tayyor emas. Oq Uyning ushbu nuqtai nazarini vitse-prezident Mayk Pens CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“O‘ylashimcha, hozir buning vaqti emas”, — dedi Pens, olti tomonlama yoki KXDR bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlash haqidagi savolga javob berarkan.
Uning ta’kidlashicha, Donald Tramp olib borayotgan siyosat AQShning mintaqadagi ittifoqchilari Yaponiya va Janubiy Koreya bilan munosabatlarini mustahkamlashga urg‘u beradi.
Shuningdek, Pens Koreya yarim orolining yadrosiz maqomda bo‘lishi hali-hamon AQSh ma’muriyati tomonidan so‘zsiz qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)