• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Qo‘shrabotda nuroniylar bilan birga yong‘oq ko‘chati o‘tqazdi

    Davomi: Kun fotosi: Ko‘chat o‘tqazayotgan Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston Prezidenti Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Qo‘shrabot tumanida ham bo‘ldi. O‘zA xabariga ko‘ra, tumandagi “Oqtepa” qishloq fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tog‘oldi hududlarida 2017—2018-yillarda yong‘oqzor va uzumzorlar, 2017—2021-yillarda chorva boqishni tashkil qilish, tumanda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga oid loyihalar bilan tanishdi.

    Vazirlar Mahkamasining 4-martdagi “Dehqon xo‘jaliklari va aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, suvga chidamli, eksportbop daraxt plantatsiyalarini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatining Jomboy, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Pastdarg‘om, Payariq, Samarqand, Urgut va Qo‘shrabot tumanlarining tog‘oldi hududlarida 2017—2018-yillarda 4 ming 211 fermer xo‘jaligi tashkil etiladi. Fermer xo‘jaliklarida 5,7 ming gektar yong‘oqzor va 13 ming gektar tokzorlar barpo etish rejalashtirilgan.

    Birgina 2017-yilda 2,5 ming gektar yong‘oqzor, shundan 2,1 ming gektar intensiv, 6,6 ming gektar tokzordan 1,3 ming gektar intensiv tokzorlar barpo etilishi mo‘ljallangan.

    Bu loyihalarni amalga oshirish uchun 271 milliard so‘m va 8,4 million dollar miqdoridagi mablag‘lar sarflanishi ko‘zda tutilgan. Bu qo‘shimcha 15 ming tonna yong‘oq va 50 ming tonna uzum mahsulotlari eksport qilish imkoniyatini yaratadi. 2017—2018-yillar davomida 26 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

    Shunday yong‘oqzorlardan biri “Oqtepa unumdor zamin” fermer xo‘jaligida barpo etiladi. Shavkat Mirziyoyev nuroniylar bilan birga bu yerga yong‘oq ko‘chati o‘tqazdi.

    Mamlakatimizning barcha joylarida bo‘lgani singari Samarqandda ham hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘p. Ularni ishga solib, qo‘shimcha daromad topish, xalqimiz farovonligini yanada oshirish mumkin. Buning uchun samarali harakat qilish, odamlarda tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, tomorqadan unumli foydalanish kerak.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    Qo‘shrabot tumanida 2017—2021-yillarda aholi, fermer va dehqon xo‘jaliklarida 10 ming bosh echki va 5 ming bosh qo‘y boqishni tashkil qilish loyihasi ham yirik loyihalardan. Qiymati 7,7 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyihada Rossiyadan 10 ming bosh naslli echki, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlaridan 5 ming bosh hisori qo‘ylarni sotib olish mo‘ljallangan.

    Birinchi Prezidentimizning 2015 yil 18 dekabrdagi qaroriga muvofiq, xalqaro moliya institutlari – OPEK hamda Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamg‘armalari tomonidan O‘zbekiston ishtirokida 2016—2018-yillarda Qo‘shrabot tumani ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan umumiy qiymati 36,4 million dollarlik loyihaning amalga oshirilishi belgilangan.

    Loyiha amalga oshirilgach, 77 qishloq fuqarolar yig‘inida 49 suv olish inshooti quriladi, 6 tasi rekonstruksiya qilinadi. 408,1 kilometr magistral suv quvurlari va tarmoqlari qurilishi amalga oshiriladi.

    Bundan tashqari loyihaga 110 suv olish qudug‘ini burg‘ulash va rekonstruksiya qilish, 16,1 kilometr uzunlikdagi suv inshootlarini himoya devorlari bilan o‘rash, 164 quduq nasosini o‘rnatish, 14 avtomatlashtirilgan nasos stansiyasini qurish, 55 komplekt elektr transformator, 3 quyosh generatori hamda 52 dizel generatorlarini o‘rnatish, 24,5 kilometr uzunlikdagi tashqi elektr ta’minoti tizimi bilan ta’minlash kiritilgan.

    O‘zbekiston Prezidenti Qo‘shrabotda eksportbop mevalar ekish, chorvachilikni rivojlantirish, buning uchun aholiga kredit mablag‘lari ajratish zarurligini ta’kidladi.

    Tumanda junni qayta ishlash fabrikasi qurish, Samarqand va Oqdaryo tumanlarida 2017-yilda qurilishi rejalashtirilgan zamonaviy issiqxona majmualari loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi.

    “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

    14.04.2017, 20:16   Izoh (0)   19426
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Maxdumi A’zam ziyoratgohidan Imom Buxoriy majmuigacha bo‘lgan yo‘lda ikki qavatli uylar quriladi

    14.04.2017, 20:07

    Toshkentda Islom taraqqiyot markazi tashkil etiladi

    14.04.2017, 20:02

    O‘zbekiston Prezidenti Imom Buxoriy yodgorlik majmuini ziyorat qildi

    14.04.2017, 19:57

    Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatidagi yengil sanoat loyihalari bilan tanishdi

    14.04.2017, 19:51

    Oliy sudda “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasidagi xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    14.04.2017, 18:02

    Shavkat Mirziyoyev: Loaqal ikkita odamni ish bilan ta’minlagan tadbirkorni boshimizda ko‘tarishga tayyormiz

    14.04.2017, 17:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.