Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dortmundda 11-aprel oqshomida Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida “Monako”ga qarshi maydonga tushishi lozim bo‘lgan “Borussiya” futbol klubi avtobusi oldida portlash yuz berdi, deya xabar bermoqda Meduza.

Foto: The Guardian

Foto: The Guardian

Portlash avtobus jamoa bilan birga yo‘lga chiqishi arafasida mehmonxona avtoturargohida yuz bergan. Associated Press xabariga ko‘ra, kamida uchta portlash yuz bergan.

Hodisa oqibatida bir kishi – ispaniyalik futbolchi Mark Bartra jabrlangan. Bild’ning yozishicha, uni kasalxonaga olib ketishgan.

Portlashlar sababli o‘yin 12-aprelga qoldirilgan. Portlashlar sabablari haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston konlarida zaxira kamayib borayotgani ortidan tabiiy gaz qazib chiqarish rejasi bajarilmayapti
Dunyo
Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida chegarada janjal sodir bo‘ldi
Mahalliy
Nukusda -16,2 daraja sovuq qayd etildi