Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Kreml rasmiy saytiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Suriyadagi vaziyat bo‘yicha fikr almashildi. Ikkala tomon ham AQShning xalqaro huquq normalariga zid ravishda suveren davlatga nisbatan amalga oshirgan harakatlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi”, — deyiladi Kreml axborotida.
Shuningdek, Putin Eron yetakchisiga Sankt-Peterburg metrosida sodir bo‘lgan terakt munosabati bilan bildirgan ta’ziyasi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Avvalroq Ruhoniy telefon orqali Suriya prezidenti Bashar Asad bilan gaplashgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)