Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi boshqaruvining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

Unda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva va Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqbo‘tayev qatnashgan.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan. Viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Nigora Rabbimova o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan.

Mazkur vazifaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Marhabo G‘afurova nomzodi taklif etilib, boshqaruv a’zolari tomonidan ma’qullangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
O‘zbekistonda abort: qonuniy va xavfsiz bo‘lishiga qaramay, bu tanlov kamaymoqda
Dunyo
Serdar Berdimuhamedov barda to‘polon qilgan qarindoshini “Turkmengaz”dagi yuqori lavozimidan bo‘shatdi
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi