O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-fevralda “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq butun respublikada avval xususiylashtirilgan korxona va obyektlar hatlovi tashkil etildi. Bu haqda Davlat raqobat qo‘mitasi hay’atining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.
O‘tkazilgan hatlov natijasida bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha avval xususiylashtirilgan jami 27 mingdan ziyod obyekt ro‘yxati shakllantirilib, ular orasida 2000 dan ortiq bo‘sh turgan obyekt aniqlandi.
Hozirda ushbu bo‘sh turgan obyektlarning 990 tasining umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lib, ular negizida jami 1,9 trillion so‘m miqdoridagi 16,4 ming yangi ish o‘rni yaratilishini ko‘zda tutuvchi 724 ta manzilli investitsiya loyihasi ishlab chiqildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!