“Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar “Granada”ga qarshi (4:1) La Liga 29-turida gollardan biriga mualliflik qilib, kataloniyaliklar safida urgan gollari sonini 100 taga yetkazib oldi, deb xabar bermoqda ESPN FC.
2013-yili “Santos”dan “Barselona”ga kelib qo‘shilgan braziliyalik futbolchiga mazkur natijani qayd etish uchun 177 uchrashuv kerak bo‘ldi. Messi Kataloniya klubi uchun 100 ta gol urishiga 188 uchrashuv kerak bo‘ldi, deb yozadi Metro.
“Barselona” uchun 100-golimni urganimdan xursandman va uni menga yordam bergan jamoadoshlarimga bag‘ishlayman.Neymar, futbolchi
Neymar Rivaldo (130 ta gol) va Evaristodan (105 ta gol) keyin “Barselona” safida 100 va undan ortiq gol urishga muvaffaq bo‘lgan uchinchi braziliyalikka aylandi.
Bundan tashqari, 25 yoshli futbolchi kataloniyaliklar tarkibida 100 va undan ortiq gol urgan 18-futbolchiga aylandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!