Daryo

La liga. “Real” 3 ta gol urgan turni “Barselona” 4 ta gol bilan yakunladi

Mazkur turda “Sevilya” zafar quchib, 3-o‘rnini qaytarib olishi mumkin edi. Biroq Xorxe Sampaoli shogirdlari ligada qolish uchun kurash olib borayotgan klubni o‘z maydonida taslim qila olmadi

1 daqiqa o‘qish31 331 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Livescore.in

Ispaniya La ligasining 29-turi bugun — 3-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “Selta” — “Las-Palmas” o‘yini bilan yakuniga yetadi. Kecha esa chempionlik uchun kurash olib borayotgan jamoalar maydonga tushdi.

Foto: Getty Images

Madridning “Real” klubi Ispaniya kubogining finaliga qadar yetib borishni uddalagan La liga debyutanti “Alaves”ni qabul qilib, javobsiz 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kataloniyaning “Barselona” klubi esa Lionel Messisiz harakat qilganiga qaramay, Granadadan 4:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishni uddalay oldi. Qayd etish kerak, FIFA Lionel Messini Argentina termasining 4 ta o‘yinidan diskvalifikatsiya qilgandi.

Mazkur turda “Sevilya” zafar quchib, 3-o‘rnini qaytarib olishi mumkin edi. Biroq Xorxe Sampaoli shogirdlari ligada qolish uchun kurash olib borayotgan klubni o‘z maydonida taslim qila olmadi.

Ispaniya La ligasi 29-tur o‘yinlari 2-aprel, yakshanba

“Sevilya” — “Sporting” 0:0

“Real Madrid” — “Alaves” 3:0

Gollar: Karim Benzema, 31 (1:0). Isko, 85 (2:0). Nacho, 88 (3:0).

“Valensiya” — “Deportivo” 3:0

Gollar: Esekyel Garay, 10 (1:0). Raul Albentosa, 29-avt (2:0). Joau Kanselu, 90+1 (3:0). Noaniq penalti: Faykal Fajr, 8 (D).

“Granada” — “Barselona” 1:4

Gollar: Luis Suares, 44 (0:1). Jeremi Boga, 50 (1:1). Pako Alkaser, 64 (1:2). Matye Sonye, 83-avt (1:3). Neymar, 90+1 (1:4). Chetlatish: Uche Agbo, 82 (G).

3-aprel, dushanba
“Selta” — “Las-Palmas”

Foto: Livescore.in
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar