“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshlig‘i Jo‘rabek Ahmedov qayd etishicha, Mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 11 turdagi qurilish materiali ishlab chiqarishni o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
2017-2021-yillarda O‘zbekistonning turli hududlarida umumiy qiymati 7,4 trillion so‘mlik 2500 ga yaqin loyihani amalga oshirish belgilangan.
Joriy yilda 3 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, 107 million dollarlik mahsulotni eksport qilish rejalashtirilgan. 968 loyihani amalga oshirish, mahsulotlar tannarxini 8 foizga kamaytirish ustida sa’y-harakatlar boshlab yuborilgan.
Yangi bozorlarni o‘rganish hamda eksport salohiyatini oshirish maqsadida Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya va Afg‘onistonda dilerlik tarmoqlari hamda vakolatxonalarini ochish mo‘ljallanmoqda.
Izoh (0)