AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq davlat rahbari Barak Obama qabul qilgan “Toza energiya” rejasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni imzolaydi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Mazkur qaror bilan Tramp yangi ko‘mir konlari ustida ishlashga qo‘yilgan amaldagi taqiqni bekor qiladi. Prezident, shuningdek, yangi ish joylari tashkil qilish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlaydigan yo‘nalishni boshlaydi.
Avvalroq Tramp uglevodorodli yoqilg‘ini ishlab chiqarishni faollashtirishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi. Bundan tashqari, AQSh yetakchisi ko‘mir, neft va gaz qazib olish bo‘yicha yangi loyihalarga ruxsat berish hamda qazilma yoqilg‘i sohasidagi soliqlarni kamaytirishni mo‘ljallagan edi.
Izoh (0)