AQSh mart oyi oxirida Eron, KXDR va Suriya bilan hamkorlikda Rossiyaning sakkizta kompaniyasiga nisbatan joriy etgan oxirgi sanksiyalar Barak Obama ma’muriyati qarori bilan ishlab chiqilgan. Hozirgi ma’muriyat bu qarorni kuchida qoldirishga qaror qilgan. Bu haqda AQSh Davlat departamenti vakili ma’lum qildi, deb yozadi “Vedomosti”.
Diplomatning aniqlik kiritishicha, hozirgi jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalarni joriy etish haqidagi oxirgi qaror AQSh Davlat departamenti tomonidan 17-yanvar kuni qabul qilingan. Donald Tramp esa 20-yanvar kuni Obama o‘rnini egallagan.
Yangi sanksiyalar bo‘yicha 17-yanvar kungi qaror 2017-yilning 21-mart kuni AQSh Kongressiga taqdim etilgunga qadar ishga kirishgan ma’muriyat tomonidan o‘rganib chiqilgan.
“Sanksiyalar ular haqida bildirgi Kongressga yetkazilmasdan turib kuchga kirmagan”, — deya ta’kidlaydi diplomat.
Rossiyaning qora ro‘yxatga tushgan sakkizta kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar ikki yil davomida amal qiladi.
Izoh (0)