O‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev to‘qqizinchi jangidagi to‘qqizinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi, deb yozdi “Olamsport”. Ahamiyatli tomoni, u raqiblarining barchasini nokautga uchratishga muvaffaq bo‘lgan.
Shohjahon Sankt-Peterburgda afrikalik Hamza Sempevoga qarshi ringga ko‘tarildi. Professional boksdagi debyuti havas qilarli darajada davom etib kelayotgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi jangni ilk raunddayoq o‘z foydasiga hal qildi.
Ma’lumot uchun, uning raqibi Hamza Sempevo qora qit’a chempioni sifatida Rossiyaga yetib kelgandi. Bunday nom jangda hech qanday ahamiyat kasb etmadi va u birinchi jiddiy zarbadan keyinoq o‘ziga kela olmadi.
Izoh (0)